Yo`nalishlar
Hozirda online

Statistika

Masalalar soni: 867

Foydalanuvchilar soni: 5037

Jo'natishlar soni: 451715

Muhokama yozuvlari: 2511

Yangiliklar soni: 86

Yangiliklar izohlari: 946


So'ngi izohlar

  www.uz
  Dasturlash bo'yicha Al-Xorazmiy-2017 tanlovi!!!

UPD 4:Tanlovning final bosqichiga qatnashishga saralash bosqichida kamida 2 ta masala yechgan rasmiy qatnashchilar taklif etiladi. Ularning soni 29 ta

UPD 3: Musobaqaning saralash turi yakunlandi. Monitor
Masalalar avtorlari Murodjon Davronov, Qudrat Ibadullayev, Muhammad Rahimov.
Final bosqichi ishtirokchilari ro'yxati 1-may dushanba kuni e'lon qilinadi

UPD 2: Musobaqaning saralash turi. Online contest da 14:00 da boshlanadi.

UPD 1: Musobaqaning sinov turi. Trains da 9:00 da boshlanadi.

Buyuk olim, vatandoshimiz Al-Xorazmiy tavalludining 1234 yilligi munosabati bilan TATU Urganch filiali tamonidan akademik litsey va kasb-hunar kollej talabalari hamda umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilari o'rtasida dasturlash bo'yicha Al-Xorazmiy-2017 tanlovi o'tkaziladi. Tanlov 2 bosqichdan iborat bo'lib:
1-bosqich. Saralash bosqichi. 29 aprel kuni soat 14:00 online tarzda saytimizda (algo.ubtuit.uz) "Online contest" da boshlanadi va 4 soat davom etadi
2-bosqich. Final bosqichi. 6 may kuni TATU Urganch filialida o'tkaziladi.

1-bosqichda qatnashchilar o'zlarining ta'lim muassasidagi Internet tarmog'iga ulangan kompyuter sinflarida qatnashishlari mumkin. Agar ro'yxatdan o'tgan ishtirokchining ta'lim muassasasi Internet tarmog'iga ulanmagan yoki kompyuter sinfi mavjud bo'lmasa bevosita TATU Urganch filialida qatnashishlari mumkin. Agar notebooklaringiz bo'lsa o'zlaringiz bilan olib keling. Bizda musobaqa uchun 35 ta kompyuter mavjud bo'lib, qolgan qatnashchilarni WiFi bilan ta'minlash imkoniyati mavjud. Saralash bosqichida Har bir ishtirokchi faqat o'z bilim va iqtidoridan foydalangan holda, boshqalarning yordamisiz masalalarni mustaqil yechishi shart. Agar ikki qatnashchi bir-biridan ko'chirilganlik aniqlangudek bo'lsa qatnashchilarning ikkalasining ham yechimlari olib tashlanadi.

Final bosqichga saralashda yuqori o'rinlarni egallagan qatnashchilar(taxminan 20-30 ta, yechgan masalalar soniga qarab) final bosqichida qatnashishga taklif qilinadi. Ularning ro'yxati 1 maydan kechiktirilmasdan e'lon qilinadi.

Xorazmdan boshqa viloyatlardan qatnashuvchilar
Xorazmdan boshqa viloyatlardan qatnashuvchilar yotoqxona bilan ta'minlanadilar.

Dasturlash tillari
Musobaqa vaqtida Paskal, C, C++, Java dasturlash tillarida yozilgan yechimlarni jo'natishingiz mumkin.

Norasmiy qatnashuvchilar
Akademik litsey, kasb-hunar kolleji va o'rta maktab o'quvchilari bo'lmaganlar Online tarzda norasmiy qatnashishlar imumkin. Norasmiy qatnashish uchun tanlovda qatnashish uchun ariza bermang.

Tanlovda qatnashish uchun ariza berish.
Ariza berish uchun avval tizimga login va parolingiz bilan kiring. Agar login va parolingiz bo'lmasa avval havola orqali tizimda ro'yxatdan o'ting.Ro'yxatdan o'tish formasida ism va familiyangizni to'gri kiriting va login bilan parolingizni eslab qoling. Login va parol 1-bosqichda "Online contest" ga kirish uchun qo'llaniladi.
Tanlovda qatnashishga ariza berish uchun yuqoridagi tartibda tizimda ro'yxatdan o'tgandan keyin quyidagi Ariza berish tugmasini tanlang va tegishli ma'lumotlaringizni kiriting.



Ariza berishdagi ma'lumotlaringizni o'zgartirish uchun qaytadan ariza berish tugmasini tanlang.

Ro'yxatdan o'tish 29 aprel soat 12:00 da yakunlanadi




Kontakt malumotlar.
Tashkiliy qo'mita a'zosi:
Raximboyev Xikmat,
Axborot texnologiyalari kafedrasi katta oqituvchisi, TATU Urganch filiali
Tel: +998934654481
Email: hikmatrx@umail.uz
Royxatdan otish va online turi boyicha murojaat qilish uchun:
Azat Yusupov
Dasturiy injiniring kafedrasi assistent oqituvchisi, TATU Urganch filiali
Email: yusupovazat@gmail.com

Istalgan umumiy savollarni izohlarda yozishingiz mumkin.


Izoh yozish

Izohlar(17)

Xikmat Raximboyev, 9 oy oldin, #
Ushbu tanlovda maktablarning yuqori sinf o`quvchilari ham qatnashishi mumkin.

touristk2000 , 9 oy oldin, #
Royxatda "Al-Xorazmiy 2016 musobaqasi ro`yxatdan o`tgan qatnashchilar"  deb yozilibdi
2016 -> 2017

Azat Yusupov , 9 oy oldin, #
To`girlandi.

O'ktambek Ergashov, 9 oy oldin, #
Azat aka man eski profilimni login parolini esdan chiqarchim shuni tiklashni iloji bormi agar bo`sa shuni qib bering.Black_Star ("Group_209").

Azat Yusupov , 9 oy oldin, #
Saytda qanday e-pochta orqali ro`yxatdan o`tgan bo`lsangiz shu pochta orqali yusupovazat@gmail.com ga "Parolni o`zgartirish deb" email yozing. Yangi parolni shu pochtaga jo`nataman.

Razzoqberdiyev Alisher, 9 oy oldin, #
Tashkilotchi ustozlarimiz va akalarimizga men va barcha qatnashchilar nomidan katta raxmat!!!
Hamma qatnashchilarga omad yor bo`lsin!!!

Sanjar Zaripov , 8 oy oldin, #
Al Xorazmiy 2017 olimpiadasida nechta masala qo`yiladi

Azat Yusupov , 8 oy oldin, #
5-8 masala.

Razzoqberdiyev Alisher, 8 oy oldin, #
Maktablarni yuqori sinf o`quvchilariga ikkinchi bosqich alohida bo`ladimi?

Azat Yusupov , 8 oy oldin, #
Yo`q. Barcha uchun bir tur o`tkaziladi. Kurs  va sinfning ahamiyati yo`q.

Javlonbek Sharipov, 8 oy oldin, #
Assalomu aleykum. Men javada bir necha masalalarni ishlagandim, lekin testdan o`tmayapti, men kasr sonlarni formatlashda System.out.printf() dan foydalangandim yoki boshqa formatlovchi kutubxonadan foydalanaymi

Javlonbek Sharipov, 8 oy oldin, #
Rahmat, o`zim topdim

Qurashboy Erqulov, 8 oy oldin, #
H A M M A G A   O M A D   Y O R   B O ` L S I N.

Razzoqberdiyev Alisher, 8 oy oldin, #
Hamma qatnashchilarga omad yor bo`lsin!!!

Razzoqberdiyev Alisher, 8 oy oldin, #
Tashkilotchi ustozlarimizga va akalarimizga katta raxmat!!!

Javlonbek Sharipov, 8 oy oldin, #
Final soat nechida bo`ladi?

Azat Yusupov , 8 oy oldin, #
Ertaga finalning kun tartibi e`lon qilinadi.

Avtor: Azat Yusupov. Sana: 2017-04-18. Ko'rishlar: 15898